Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli texnologiyalar ko‘zi ojizlar hayotini yengillashtiryaptimi? (+video)
18:20 / 2025-12-24

Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar raqamli xizmatlardan qay darajada foydalanyapti?

Ularni IT sohasiga jalb etishda qanday to‘siqlar mavjud?

Raqamli mehnat bozorida ko‘zi ojizlar uchun qaysi kasb va yo‘nalishlar eng maqbul?

Ushbu savollarga O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi Mirali G‘iyosov o‘z tajriba va kuzatuvlari asosida javob berdi: 

—Axborot texnologiyalari men va men kabi ko‘zi ojiz insonlar uchun hayotda go‘yoki yorug‘likdir. Chunki biz kompyuter va smartfonlar orqali kitob mutolaa qilamiz, ilmiy tadqiqotlar olib boramiz va kundalik ishlarimizni bajaramiz. IT texnologiyalar bugungi kunda ko‘zi ojiz insonlarda mavjud bo‘lgan ko‘plab cheklovlarni deyarli bartaraf etib bera oladigan darajaga yetdi.

Masalan, rasmli ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish, video rejimni yoqib atrof-muhitdagi ovozlarni qabul qilish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, ko‘chada harakatlanish paytida navigatorlar va elektron kartalar hayotimizni ancha yengillashtirmoqda. Aytish mumkinki, bugun kompyuter texnologiyalarisiz ko‘zi ojiz insonlar hayotini tasavvur qilish juda qiyin.

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan har bir inson, xoh kompyuterdan, xoh telefondan foydalansin, nutq sintezatorlari orqali axborot oladi. Ekranda chiqqan har bir yozuv, harf yoki xabar biz uchun ovoz orqali o‘qib beriladi. Bu raqamli xizmatlardan foydalanishda juda katta qulaylik yaratadi.  

Afsuski, 2023 yilgacha O‘zbekistonda o‘zbek tilidagi nutq sintezatorlari mavjud emas edi. Biz barcha ma’lumotlarni asosan rus tilidagi dasturlar orqali olishga majbur bo‘lardik. Bu esa ta’lim olish, ishlash va raqamli xizmatlardan to‘liq foydalanishda qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi.

Shu muammoni hal etish maqsadida do‘stim Abdulaziz Salimov bilan birgalikda Toshkent shahri ko‘zi ojizlar markazi hamkorligida maxsus loyiha ishlab chiqdik. Loyiha doirasida o‘zbek tilidagi nutq sintezatorlarini yaratdik. Bu tashabbus ko‘zi ojiz insonlarning raqamli muhitga moslashuvini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Suhbatning to‘liq qismi O‘zAning You Tube sahifasiga joylangan.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6XkqLIQ8t2k" title="Raqamli texnologiyalar ko‘zi ojizlar hayotini yengillashtiryaptimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Oybek Davronov (video), Ulug‘bek To‘xtayev (montaj), O‘zA