English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli sud: Yangi O‘zbekistonda zamonaviy sud islohotlari
11:22 / 2026-02-16

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri, sud tizimini to‘liq raqamlashtirishdir.

Prezidentimiz tomonidan 2025-yilning 21-avgustida qabul qilingan "Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon bilan sud ishlarini yuritishni raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha muhim huquqiy asos yaratildi. Mazkur farmonda sud faoliyatini avtomatlashtirish, sud ishlarida qog‘oz hujjat aylanmasidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda elektron tizimga to‘liq o‘tish vazifalari belgilandi.

Mazkur farmon bilan sud sohasini raqamlashtirishning istiqboldagi rejalari ham tasdiqlangan. Ya’ni, 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish dasturi orqali 2026-yil 1-yanvardan boshlab “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish modulini joriy etish, bunda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchini yaratish, huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud ma’lumotlarini avtomatik yetkazish, 1-martdan boshlab fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha dastlabki sud ma’lumotlarini fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratish, yil yakuniga qadar fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida 5 ta yangi interaktiv xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sudning axborot tizimidagi “Shaxsiy kabinet” platformasining foydalanuvchilar uchun yanada qulay bo‘lgan yangi versiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Davlat rahbarining 2025-yil 24-noyabrda qabul qilgan “Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari esa sud-huquq islohotlarining navbatdagi muhim bosqichi sifatida e’tirof etildi. Farmonga ko‘ra, sudyalarni tayinlash tartibi ikki bosqichli qoidalar asosida amalga oshirilishi belgilab olindi: dastlab 5 yillik muddatga, keyin esa muddatsiz lavozimga tayinlash. Sudyalar korpusida gender tengligini ta’minlash maqsadida Odil sudlov akademiyasi kasbiy qayta tayyorlash kurslariga xotin-qizlar uchun maxsus kvota joriy etildi.  

Yuqoridagi farmonda aytilganidek, “Raqamli sud” konsepsiyasi sud hokimiyati faoliyatida ochiqlik, shaffoflik, tezkorlik va adolatni ta’minlashga yana bir bor xizmat qilmoqda.  

Davlat rahbarining xalqimiz va Oliy Majlisga Murojaatnomasining oltinchi ustuvor yo‘nalishi sud-huquq islohotlariga bag‘ishlandi. Unga ko‘ra, davlat rahbari bir qator istiqboli islohotlarni amalga oshiriladi. Xususan, “Raqamli sud” konsepsiyasi doirasida tergovdan boshlab sudga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar sun’iy intellekt texnologiyalari orqali avtomatlashtirilishi aytildi. Bu esa inson omilini qisqartirish va ishlarni tezkor va samarali yuritish imkonini beradi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab tergov sudyalariga sanksiya va majburlov choralarini o‘zgartirish va bekor qilish huquqi berilishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, har bir instansiyada jamoatchilik ishtirokini oshirish orqali odil sudlov jarayonlari shaffofligini ta’minlash belgilab olindi.  

M.Sodiqov,

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti.