Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini amalga oshirishda yoshlarning o‘rni
17:14 / 2020-10-27

Partiya saylovoldi dasturida “Yangi O‘zbekiston: “raqamli” va axborot jamiyatiga ega mamlakat”, g‘oyasi ilgari surilib, ushbu yo‘nalishda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif etilgan edi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda ayni shu mavzuda Respublika yoshlar konferensiyasi o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi “Yoshlar qanoti” tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, qator nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tegishli tashkilot mas’ullari, faol yoshlar hamda partiya “Yoshlar qanoti” faollari ishtirok etdi.

Partiya saylovoldi dasturida “Yangi O‘zbekiston: “raqamli” va axborot jamiyatiga ega mamlakat”, g‘oyasi ilgari surilib, ushbu yo‘nalishda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif etilgan edi.

Qayd etilishicha, partiya “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini joriy etish, “aqlli”, “xavfsiz” shahar, “internet buyumlar” texnologiyalarini keng joriy qilish, telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ushbu asosda mamlakat YAIMning 30 foizga o‘sishi hamda “raqamli iqtisodiyotga tayyorlik” va “AKT rivojlanishi” xalqaro indekslari bo‘yicha ilg‘or davlatlar qatoriga kirishni ta’minlashni ustuvor vazifa, deb biladi.

Viloyat va shaharlarda raqamli ko‘nikmalar darajasidagi bo‘shliqni bartaraf etish maqsadida respublikaning barcha hududlarida ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlari tashkil etish, vertikal boshqaruv o‘quv modeli tizimini tuman va shaharlar darajalarida (IT-park filiali-o‘quv markazi-maktab) joriy etish, aholi o‘rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim tizimi uchun elektron ta’lim resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta’lim resurslaridan foydalanishni ta’minlash masalalari ham eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda.

Konferensiyada mavzuga oid ma’ruzalar, yoshlarning bu boradagi taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda frilanserlik orqali yoshlar bandligini ta’minlash, «IT-PARK»lar faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, axborot texnologiyalari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, raqamli ta’lim istiqbollari kabi yo‘nalishlarda muhokamalar olib bordi. Bildirilgan takliflar asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.