O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Raqamli krisminalistika tadqiqotlari sohasida mutaxassislar malakasini oshirish va sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestrini yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
a) Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom:
mutaxassislar malakasini oshirishning maqsad va vazifalari;
malaka oshirish muassasalarida mutaxassislar malakasini oshirishni tashkil etish tartibi;
mutaxassislarning bilimini baholash tartibi;
b) Raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom:
raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona reyestrni shakllantirish tartibi;
raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona reyestrni yuritish tartibi tasdiqlandi.
Ushbu Nizom raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislarning malakasi har ikki yilda oshiriladi. Malaka oshirish muassasalarning talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.
Malaka oshirish ushbu Nizomga muvofiq taqdim qilinadigan buyurtmaga asosan tashkil etiladi.
Raqamli kriminalistika sohasidagi yangi texnologiyalar, ilmiy usullardan foydalanish, ushbu sohadagi milliy qonunchilikdan va xorijiy davlatlarning qonunchiligidan xabardor qilish hamda kasbiy mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni muntazam yangilab borish mutaxassislar malakasini oshirishning maqsadi hisoblanadi.
O‘zA