Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli kelajak, barqaror energiya tizimi va ekologik yechimlar
10:40 / 2023-04-27

Joriy yilning 24-26 aprel kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz“ markaziy ko‘rgazmalar majmuida “Innoprom. Markaziy Osiyo” uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi  bo‘lib o‘tdi.

Unda turli davlatlarning 300 dan ortiq kompaniyasi o‘z imkoniyatlarini namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi. Ko‘rgazma doirasida yirik ishbilarmonlik tadbirlari va uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada «Rosatom» davlat korporatsiyasi «Barqaror energiya tizimi va ekologik yechimlar», «Raqamli kelajak» va «Yadro tibbiyoti va texnologiyalari» yo‘nalishlarida istiqbolli texnologiyalar va mahsulotlarni taqdimot qildi.

Ta’kidlash kerakki, «Rosatom» davlat korporatsiyasi onkologik kasalliklarni tashxislash va davolashda ishlatiladigan, izotopli xomashyo mahsulotlari yetkazib beruvchi jahondagi eng yirik besh korporatsiyaning biridir. Shu bois korporatsiya stendida sog‘liqni saqlash sohasidagi yangiliklari alohida o‘rin egalladi.  Xususan, unda kichik tos a’zolari, ko‘krak bezi, qizilo‘ngach, tomoq-burun va og‘iz bo‘shlig‘ining onkologik kasalliklarini kontaktli nurlantirish terapiyasi orqali majmuaviy davolash uchun mo‘ljallangan «Braxium» gamma-terapevtik majmui taqdim etildi. 

– bugungi kunda Rosatom sog‘liqni saqlash sohasidagi barcha xizmatlar majmuini taklif etdi. Bunga izotoplar majmui, radiofarmatsevtikaga oid dori-darmonlar, yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish, tibbiy mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlarini ionlashtiruvchi nurlanish vositasida qayta ishlash, shuningdek, tibbiy infratuzilma ob’ektlarini bunyod qilish kiradi. Biz amaliyotdagi ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali Markaziy Osiyo fuqarolari uchun yadro tibbiyotining sifati va undan hamma foydalana olishi imkoniyatlarini oshirib borishga tayyormiz, – dedi “Rusatom Xelskea” AJ bosh direktori Igor Obrubov. 

Shuningdek, energetika ob’ektlari xodimlarining o‘qib-o‘rganishlari uchun mashqlar bajarish simulyatoriga, energetika ob’ektlarining asliga o‘xshash raqamli nusxalariga hamda matematik modellashtirish uchun dasturiy ta’minotga e’tibor qaratildi.  "Raqamli kelajak" yo‘nalishida  Markaziy Osiyoda sanoat korxonalari uchun ishonchli raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha xizmatlar taklif  etilgan bo‘lsa, “yashil energetika”ning turli sohalari – atom generatsiyasi qatorida shamol energetikasi, energiyani saqlash va GESlar qurilishi yo‘nalishlariga doir  yechimlari ham havola etildi.

Nasiba Ziyodullayeva,

 O‘zA