Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli kadastr, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarida ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilmoqda
15:27 / 2025-06-03

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yer va mulk munosabatlarini tartibga solishning yangi mexanizmi yaratilgani fuqarolarning og‘irini yengil qilmoqda.

Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish va bu orqali iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish yo‘lida yangi bosqichni bosib o‘tmoqdamiz. Mazkur jarayonda xorijiy tajriba o‘rganilmoqda.  

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, kadastr va mol-mulkni ro‘yxatga olish sohalarida tajriba almashish maqsadida Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati delegatsiyasi Kadastr agentligiga keldi.  

Delegatsiya a’zolari Kadastr agentligida Agentlik faoliyati, axborot tizimlari, xususan, “E-YERNAZORAT” axborot tizimi bilan tanishtirildi. Shuningdek, mehmonlarga Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.  

Ozarbayjon tomoni ham o‘z navbatida Mulk masalalari davlat xizmatining tashkil etilishi, funksiyalari va axborot infratuzilmasi haqida ma’lumot berib, o‘z tajribasini ulashdi.  

Delegatsiya a’zolariga kadastr, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, yer va mulk munosabatlariga doir axborot tizimlari imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.  

Shuningdek, delegatsiya Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mehmonlarga ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, kadastr xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari, ularning huquqiy va texnik asoslari hamda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ish tizimi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.  

Qolaversa, delegatsiya Chilonzor tumanidagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, mijozlarga qulayliklar yaratish va avtomatlashtirilgan jarayonlar bilan tanishdi.  

Mazkur tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, raqamli kadastr, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarida ilg‘or tajriba almashinuvini davom ettirishga kelishib oldi.    

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA