Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli gigiyena – kibermakonda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi
12:31 / 2025-04-11

FOTOREPORTAJ

Bugun raqamli texnologiyalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular tez rivojlanishi bilan birga axborot xavfsizligi, shaxsiy va tashkilotdagi ma’lumotlarining himoya qilinishi ham dolzarblik kasb etmoqda. Bu borada raqamli gigiyena qoidalariga rioya etish – kibermakonda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, kiberhujumlarning oldini olish va xavfsiz onlayn muhit yaratishga yordam beradi. Barcha foydalanuvchilar va tashkilotlar raqamli gigiyenaning ahamiyatini tushunishi va ushbu sohadagi bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab turishi talab etiladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali tomonidan Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining malaka oshirish instituti hamda “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi hamkorligida tashkil etilgan “Raqamli gigiyena – kibermakonda ma’lumotlar xavfsizligi” mavzuida o‘tkazilgan o‘quv seminarida shu xususida so‘z bordi.  

 

Seminarda respublika vazirlik va idoralarining shahar hududiy boshqarmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida faoliyat olib borayotgan IT mutaxassislari va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi o‘rtasida axborot xavfsizligini ta’minlash, kibertahdidlarning oldini olish va davlat xizmatchilari o‘rtasida raqamli madaniyatni oshirish maqsadida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan.

Mazkur memorandum doirasida davlat xizmatchilari va davlat xizmatining axborot tizimlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hamkorlik doirasida davlat xizmatchilari uchun “Raqamli gigiyena – kibermakonda ma’lumotlar xavfsizligi” nomli uslubiy qo‘llanma ham tayyorlandi.  

Seminarda kiber tahdidlar, ularning asosiysi – fishing, zararli dasturlar va ruxsatsiz kirish kabi holatlarga oid ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ularni oldini olish uchun zamonaviy chora-tadbirlar hamda xavfsizlik siyosatini joriy etish usullari tahlil qilindi.

Shuningdek, “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi mas’ullari “Hozirgi kundagi kiberxavfsizlikning dolzarb muammolari” mavzuida taqdimot qildi.  

[gallery-22758]

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi malaka oshirish institutining axborot texnologiyalari bo‘yicha mas’ul xodimi tomonidan esa “Kibermakonda sodir etilayotgan kiber jinoyatlardan himoyalanish usullari” mavzuida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot va tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Kamola YUSUPOVA,

Asliddin ALIJONOV (surat), O‘zA