Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli dunyoda barcha uchun imkoniyatlar teng
18:21 / 2024-09-20

Raqamli texnologiyalar vazirligi va Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan «ICT WEEK UZBEKISTAN – 2024» doirasida tashkil etilgan tadbirda imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga joylashtirish masalasi ko‘tarildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligiga ushbu tizim doirasida 190 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni uchun kvota ajratilgan. Hozirga kelib, 90 ga yaqin fuqaro vazirlik va uning tizim tashkilotlarida ish bilan ta’minlandi. Ishga qabul jarayoni faol ravishda davom etmoqda.

Dastur doirasida ishtirokchilar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ish o‘rinlarini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar va strategiyalar bilan tanishdilar. Kompaniyalar va maxsus imkoniyatlarga ega bo‘lgan shaxslar o‘z tajribalari haqida so‘zlab berdilar.

— Bizning maqsadimiz — raqamli texnologiyalarning afzalliklaridan barcha fuqarolarni, ularning o‘ziga xosligidan qat’i nazar, teng foydalanishini ta’minlash va ijtimoiy hayotda faol ishtirokini rag‘batlantirish. Raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yaxshilash va qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga intilamiz”, – dedi Raqamli texnologiyalar vazirining maslahatchisi Kamola Sobirova.

Tadbir so‘ngida hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish va bildirilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar rejasini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.

N. Rahmonova, O‘zA