French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli detoks ruhiy salomatlikni saqlashga yordam beradi (+video)
13:38 / 2025-07-26

Ijtimoiy tarmoqlar, yangiliklar saytlari, reklamalarning ko‘pligi, auditoriyada turli his-tuyg‘ularni uyg‘otadigan blogerlar – bularning barchasi raqamli asrda hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Afsuski, onlayn makonga haddan tashqari sho‘ng‘ish ba’zan holatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.

Bu nomofobiya deb ataladi, ya’ni odam hech bo‘lmaganda qisqa vaqt davomida smartfonidan uzoqlashganda psixologik va hatto, jismoniy noqulaylikni boshdan kechiradi. Tashvishlanish va o‘tkazib yubormaslik qo‘rquvi sindromi FOMO effekti bo‘lib, muhim narsani o‘tkazib yuborishdan qo‘rqib, sizni doimiy ravishda yangiliklar tasmasini aylantirishga majbur qiladi. Va “mikro zerikish” kabi keng tarqalgan hodisa har qanday bo‘sh daqiqada zerikish tuyg‘usini keltirib chiqaradi, bundan esa telefondan chalg‘ish bilan “tezda qutulish kerak”. Oqibatda, tobora ko‘proq odamlar xavotir va uyqu muammolari bilan psixolog va shifokorlarga murojaat qilmoqda.

Bugungi lavhamiz "raqamli detoks" boshqacha qilib aytganda, smartfon, kompyuter, planshet va boshqa qurilmalardan foydalanishdan vaqtincha ongli ravishda voz kechish, raqamli gigiyena — raqamli makonning salbiy ta’sirini ongli ravishda kamaytirishga bag‘ishlanadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vdbXOVXi6sk" title="Raqamli detoks ruhiy salomatlikni saqlashga yordam beradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA