“Raqamli avlod qizlari”
Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabida “Raqamli avlod qizlari” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning ushbu bosqichida tuman va shahar bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan 77 nafar iqtidorli qiz o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan ishtirok etib, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan g‘oya va yechimlarini taqdim etdi.

Bellashuv doirasida ishtirokchilar sun’iy intellekt, ta’lim, iqlim o‘zgarishi hamda yashil iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalarini himoya qildi.

Yakunda g‘olib deb topilgan qizlar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, yakuniy bosqichda g‘olib deb topilgan ishtirokchilar xorijiy davlatlarga ta’lim sayohati imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri