Nukus shahridagi 55-umumta’lim maktabida “Raqamli avlod qizlari” respublika tanlovining yangi mavsumi oldidan mahorat darslari tashkil etildi. Unda sohaga qiziquvchi qizlar loyihalar ishlab chiqish, startaplar ustida ishlash hamda bozorga kiritish kabi yo‘nalishlarda tajriba orttirdi.
Tadbirda joriy yilda “Raqamli avlod qizlari” tanlovida g‘olib bo‘lgan Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Alfiya Omongeldiyeva so‘zga chiqib, o‘z taklif va maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, mazkur ta’lim maskanida “Raqamli avlod” o‘quv markazi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, bu yerda “Axborot texnologiyalari”, “Mexatronika tizimi”, “Dasturlash va ishga tushirish”, “Kompyuter tizimlari va komplekslarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” (AKT texnik), “Grafik dizayn”, “3D modellashtirish”, “Foto va video bilan ishlash” (Videografika) yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlarga asoslangan kasbiy tayyorlov kurslari tashkil etilgan.
[gallery-26081]
Bugun tanlovning birinchi bosqichiga start berildi. Unda ishtirok etish uchun 92 ming nafardan ziyod qiz ariza topshirgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HAg3Gexpzio" title="“Raqamli avlod qizlari” tanloviga start berildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA