Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Raqamli asrda milliy media” forumi bo‘lib o‘tadi
14:53 / 2022-11-07

Hamkorlarimiz sahifalarida

Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi (WAM) “Al-Ittihod” gazetasi bilan hamkorlikda 16 noyabr kuni yosh jurnalistlar ishtirokida “Raqamli asrda milliy media” forumini o‘tkazadi.

Abu-Dabi media pavilonida “Jahon media kongressi” doirasida tashkil etiladigan anjumanda raqamlashtirish bilan bog‘liq muammolar, jamiyatni kelajakka tayyorlash va ommaviy axborot vositalarining xabardorlikni oshirishda yoshlar uchun ahamiyati masalalari muhokama qilinadi.

Agentlik bosh direktori Muhammad Jalol Ar-Rayssi mazkur forum qatnashchilar uchun soha rivojini tahlil qilish va tegishli fikr almashish uchun imkoniyat yaratishini ta’kidladi.

Abu Dabi Media tashkiloti bosh direktori vazifasini bajaruvchi Abdurrahim Al- Botih An-Nuaymiyning fikricha, tadbir soha muammolarini kontent yaratishda kuzatilayotgan jadal o‘zgarish nuqtai nazaridan hal qiladi.

“Al-Ittihod” gazetasi bosh muharriri Hamad Al-Ka’biy media sanoati oldida turgan texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq dolzarb muammolar, shuningdek, mamlakatni rivojlantirish rejasini qo‘llab-quvvatlash, kelajakka umumiy qarashga muvofiq harakatlanishni ta’minlashda OAVning muhim roliga to‘xtaldi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA