Mamlakatning jahon miqyosida obro‘sini yuksaltirish, mavqeini mustahkamlash va shaffoflikni ta’minlash uchun xalqaro reytinglarning o‘rni muhim.
2022 yilgi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rni sezilarli darajada ko‘tarildi.
Xususan, Jahon bankining “GovTech Enablers” indeksiga muvofiq, raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha mamlakatimiz 2020 yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqoriladi.
“GovTech Maturity Index” natijalariga ko‘ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha esa 37 pog‘ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning «A» guruhiga kirdi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har 2 yilda bir marta o‘tkaziladigan "Elektron hukumat" reytingining joriy yilgi natijasida O‘zbekiston bir yo‘la 18 pog‘ona yuqorilab, "yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi" mamlakatlar qatoriga kirdi.
“Oxford Insights” tomonidan o‘tkazilgan "Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi" (“Government Artificial Intelligence Rea dines Index” tahlilida 2022 yil mamlakatimiz 160 ta davlat ichida 14 pog‘ona yuqoriladi.
“Open data Inception"ning 2022 yilgi tahliliga ko‘ra, dunyoning 201 ta mamlakatlari orasida ochiq ma’lumotlar manbalari va ular soni bo‘yicha O‘zbekiston 124 ta ochiq ma’lumotlar manbalari bilan 4-o‘rinni egallagan. 2021 yilda mazkur ko‘rsatkichda respublikamiz 99 ta manba bilan 5-o‘rinni egallagan.
Buyuk Britaniyaning xalqaro nufuzli Cable.so tashkiloti tomonidan 233 ta davlat orasida O‘zbekiston Respublikasi mobil internet narxi eng past bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritildi. Mazkur reytingda mamlakatimiz 21 o‘rindan (2021 yil 1-yarim yillikda) 15 o‘ringa (2022 yil 1 yarim yillikda) ko‘tarildi. Bunda davlatimiz Kozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlarini ortda qoldirdi.
Shuningdek, “Inclusive Internet” indeksida respublikamiz o‘tgan yilga nisbatan 5 pog‘ona ko‘tarilib, 2022 yilda 61-o‘rinni egalladi.
O‘zA