Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamlashtirish – odil sudlov samaradorligi vositasi
11:17 / 2020-09-07

Taʼkidlash oʻrinliki, davlatimizning ochiqlik siyosati natijasida investorlarning yurtimizga boʻlgan ishonchi ortmoqda va mustahkamlanmoqda.


Taʼkidlash oʻrinliki, davlatimizning ochiqlik siyosati natijasida investorlarning yurtimizga boʻlgan ishonchi ortmoqda va mustahkamlanmoqda. 

Tadbirkorlarimiz esa imkon qadar oʻz mahsulotlarini chet ellarga eksport qilish barobarida tadbirkorlar oʻrtasida turli koʻrinishdagi munosabatlar oʻrnatilmoqda. Mazkur jarayonda esa ayrim hollarda fuqarolik, ommaviy va boshqa huquqiy munosabat ishtirokchilari oʻrtasida nizolar kelib chiqib, mazkur nizolarni sud yoʻli bilan hal etish va sudga murojaat qilish zarurati paydo boʻlmoqda.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, mazkur nizolarni hal qilish maqsadida daʼvo arizalari bilan sudga murojaat qilish koʻrsatkichlari ortib boryapti.

Albatta, bugungi kunda har bir inson yoki tadbirkor uchun eng qimmatli jihatlardan biri – vaqtdir. Ayni shu boisdan ham shaxslarning turli sabablar bilan sudda koʻproq vaqt davomida kutib qolishi ularning noroziligiga sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, nizolarni hal qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilish koʻrsatkichlarining koʻpayishi sudlarda ish hajmining ortishi oʻz navbatida ishlarni koʻrib chiqish muddatlari va vaqtini choʻzilishiga olib keladi.

Shunday ekan, bugungi kunda sudda ish yuritishning asosiy maqsadi ham sudga murojaat qilgan har bir shaxsning qimmatli vaqtini olmaslikka qaratilgan.

Mazkur maqsadlarga erishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-avgustdagi PQ–3250-son qarori bilan tasdiqlangan 2017-2020-yillarda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturining ijrosi natijasida sudlarga masofadan turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferens-aloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish tizimlari joriy etilganligi ham alohida ahamiyatlidir.

Shu bilan birga, ayni vaqtda zamonaviy axborot texnologiyalari hamda raqamlashtirishdan keng foydalangan holda sudda ish yuritishni yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Bugungi kunda sudlarda ishlarni koʻrishda koʻpgina vazirlik va idoralar bilan maʼlumot almashinuvi ularning axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinmaganligi sababli asosan qogʻoz shaklida amalga oshirilayotganligi bois sudlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarga koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish talab etilmoqda.

Bu borada Prezidentimizning 2020-yil 3-sentyabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilinganligi juda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Ushbu Qaror bilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimidan foydalangan holda avtomatlashtirilgan ravishda shakllantirish imkoniyatlarini beruvchi “Adolat” axborot tizimlari kompleksi joriy etiladi.

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash kerakki, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar mamlakatimizda qonun ustuvorligini va ijtimoiy adolatni taʼminlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Mazkur ezgu maqsadni roʻyobga chiqarishda esa sudyalar zimmasiga oʻta muhim vazifa – odil sudlovni Konstitutsiya va qonunlarimiz hamda adolat tamoyillariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirish yuklatiladi.

Zero, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Sud ostonasiga qadam qoʻygan har bir inson, Oʻzbekistonda adolat hukm surayotganiga toʻla ishonch hosil qilishi kerak”.

Sherzod GʻOFUROV,
Karmana tumanlararo
iqtisodiy sudi sudyasi