Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamlashtirish bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan tashkilotlar taqdirlandi
15:17 / 2021-06-25

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining rahbarlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 5 oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni doirasida tashkil etilgan tadbirda raqamlashtirish bo‘yicha reytingda yuqori natijalarga erishgan, elektron hukumat yo‘nalishida loyihalarni samarali amalga oshirgan bir guruh vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari taqdirlandi.

Unda Davlat xizmatlari agentligi Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda eng yuqori natijaga erishgan tashkilot nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA