Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamlashtirilgan boshqaruv tizimi
17:37 / 2021-08-25

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mutaxassislarining Sankt-Peterburg shahridagi xizmat safari davom etmoqda.

Ishchi guruh kapital ta’mirlash dasturi doirasida "Jilkomservis №2" tomonidan amalga oshirilgan ko‘p qavatli uylarning fasad qismi hamda yerto‘la muhandislik kommunikatsiya tizimlarini tiklash ishlari bilan ob’ektning o‘ziga chiqqan holda tanishdi.

Kapital ta’mirlangan uylarda zamonaviy, avtomatlashtirilgan isitish tizimi mavjud bo‘lib, u sarflangan resursni aniq hisoblab berishi bilan ahamiyatli. Ya’ni ushbu isitish tizimi bilan barcha xonadonlardagi havo haroratini onlayn nazorat qilish, agar muammoli holat yuzaga kelsa, darhol bartaraf etish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, ishchi guruh onlayn dispetcherlik markazida ham bo‘lib, ularning faoliyatini kuzatdi. Dispetcherlik markazida aholi tomonidan yuborilgan murojaatlar onlayn qabul qilinib, favqulodda holatlar alohida ajratib olinadi. Muammoni bartaraf etish uchun kerakli manzilga darhol mutaxassis yuboriladi. E’tiborli jihati shundaki, barcha texnikalar, hatto ishchilarning maxsus kiyimlariga GPS navigator qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, bu dispetcherlik markazi va Uy joy qo‘mitasi tegishli mutaxassislariga qilinayotgan ishlarni kuzatish, baholash va monitoring qilish imkonini beradi.

Muhtarama Komilova, O‘zA