Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamlashayotgan Qo‘qon va uning IT rarklari
11:18 / 2025-11-27

Bugungi kunda Qo‘qon yoshlari kelajak hayoti loyihalari bilan nafas olmoqda. Bu, shubhasiz, zamon talabi.

Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida "Silk Road Profeshnls" kompaniyasi rahbari Djeyms Vengar bilan axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, bu boradagi ishlar yuzasidan "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishga kelishib oldi.

So‘ngra Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniyadan kelgan mutaxassislar hamrohligida Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan o‘quv markazlaridagi axborot texnologiyalariga o‘qitish sifat samaradorligini o‘rgandilar. Muloqot chog‘ida Djeyms Venger dasturlashga o‘qitish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, o‘quv markazi bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatdi.

Bu sa’y-harakat zamirida davlat rahbarining tashabbusi bilan mehnat bozorida talab eng yuqori bo‘lgan va, hech shubhasiz, ertangi kun kasblariga o‘qitish uchun yoshlarga shart-sharoit yaratish turibdi.

Aslida Qo‘qon universitetida amerikalik mutaxassislar hozirdan talabalarni axborot texnologiyalariga o‘qitishda ishtirok eta boshladilar. Ammo Prezident qarori bilan tashkil etilgan IT rark ayniqsa yoshlarning eng sevimli ilm maskaniga aylandi.

– Yoshlar kompyuter savodxonligini oshirish, dasturlash, kompyuter grafikasi, dizayn yo‘nalishida o‘qishmoqda, – deydi Qo‘qon shahri IT rark rahbari Alisher Allanazarov. – Bundan tashqari, ingliz tili ham o‘qitilyapti. Hozir bu yerda 200 dan ortiq o‘quvchi bor. Yana qo‘shimcha logistika yo‘nalishi bo‘yicha ham ta’lim berishni joriy qilyapmiz.

– Bu yerga kelganimga uch oy bo‘ldi, – deydi 7-sinf o‘quvchisi Abdulloh Akramov. – Lekin juda ko‘p narsalar– telegram bot yaratish, veb sayt sahifa ochish va boshqalarni o‘rgandim. Kelajakda dasturchi bo‘lmoqchiman.

Qo‘qondagi IT parkning yana bir o‘ziga xos xususiyati bor. Aniqrog‘i, yangi tajriba deyish mumkin.

– Xorijiy kompaniyalar uchun ofis binolar bepul ajratilyapti. Yil davomida bemalol foydalanishlari mumkin. 20 ta ish o‘rni yaratsa, ish jihozlari, masalan kompyuterlar bilan ta’minlash imtiyozi ham bor. Faqat ular IT park rezidenti bo‘lib ro‘yxatdan o‘tishi kerak, – deydi Alisher Allanazarov. –Amerikada Jeyms Vengirning autsorsing kompaniyasi bor. Ular kelib bizdagi sharoitlar bilan tanishdi. 2026 yil boshidan shu yerda faoliyat olib borishadi. Bunga kelishdik.

Bu kabi tashabbus va amaliy ishlar Qo‘qonning IT sohasidagi eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/RA9Byft1NOU?si=h8jWm2oqCkXWxHai" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov,

Elyor Olimov(video,surat), O‘zA