Rapirachilarimiz jahon kubogi bosqichi g‘olibi
Toshkentda qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tgan jahon kubogi bosqichining jamoaviy bahslari yakunlandi.
Quvonarli jihati, O‘zbekiston terma jamoasi rapirachi yigitlari barcha kuchli jamoalarni yengib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Rapirachi qizlar terma jamoalari orasida O‘zbekiston termasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.


Quyidagi terma jamoalar jamoaviy bahslarda shohsupaga ko‘tarildi.
Yigitlar:
1. O‘zbekiston
2. Slovakiya
3. Qozog‘iston
Qizlar:
1. Ruminiya
2. Moldova
3. O‘zbekiston
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA