French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rapid shaxmatda kimlar g‘olib chiqdi?
14:38 / 2026-02-24

Namangan viloyatida sportning boshqa turlariga qaraganda biroz susayib qolgan shaxmatga alohida e’tibor qaratilib, ommaviyligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Namangan shahridagi “Yoshlar markazi” shaxmat klubida tashkil etilgan rapid musobaqasi ham shaxmat sport turini yanada kengroq targ‘ib qilish, havaskor va yosh shaxmatchilarning mahoratini oshirishga qaratildi.

Musobaqada Namangan shahri, Davlatobod, Yangi Namangan, Kosonsoy, Pop, Chust, Yangiqo‘rg‘on va To‘raqo‘rg‘on tumanlaridan kelgan yetti yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qariyb 70 ga yaqin “aql- idrok” egalari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu turnir nafaqat sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, balki turli yoshdagi shaxmat ixlosmandlarini bir maydonga jamlab, tajriba almashish imkoniyatini ham berdi.

Qizg‘in va murosasiz raqobatga boy tarzda kechgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, erkaklar (o‘smirlar) o‘rtasida Namangan shahri vakili Abdusamad Dadaboyevga teng keladigan raqib topilmadi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Chust tumani sportchisi Dildora Yunusovaning qo‘li baland keldi. Shuningdek, 8, 10 va 12 yosh toifalaridagi o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida ham g‘oliblar aniqlandi.

Musobaqaning barcha faol ishtirokchilari viloyat hokimligi, viloyat shaxmat federatsiyasi, viloyat yoshlar va sport ishlari boshqarmalari tomonidan diplom, pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA