Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitida ishtirok etayotgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti siyosatshunoslik kafedrasi detsenti, tarix fanlari doktori Ra’noxon Tursunova O‘zA muxbiriga bergan intervyusida mamlakatimizning tashqi siyosatdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
– 2022 yil O‘zbekiston tomoni Shanxay hamkorlik tashkilotining “Yaxshi niyat elchisi” faxriy lavozimini ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi. Ekspertlar fikricha, taniqli madaniyat, fan, ta’lim va sport arboblari ana shunday elchiga aylanishi kerak. Ular tinchlikparvarlik missiyasi orqali bu yo‘nalishni yanada takomillashtiradi.
Gumanitar hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Sammit doirasida qator istiqbolli masalalar muhokama qilinadi. Ayniqsa, gumanitar hamkorlik diqqat markazida bo‘ladi. Zero, milliy madaniyatimiz, mentalitetimiz zamirida yechim talab nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, diplomatik odob va hurmat bisyor.
Bugun O‘zbekiston xalqaro miqyosda tom ma’noli insonparvar siyosat yurityapti. Qolaversa, jahon hamjamiyati e’tiboridagi eng dolzarb jabhalarda ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lyapti.
G‘.XONNAZAROV yozib oldi.
O‘zA
(Suhbatning to‘liq matnini O‘zA sahifalarida kuting)