Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rangsiz tushlar“ nomli yangi film suratga olinmoqda
15:12 / 2019-11-13

Rejissyor Ayub Shahobiddinovning yaqin kunlarda taqdim qilinishi kutilayotgan “Rangsiz tushlar“ filmi bugungi ijtimoiy voqelikni aks ettiradi.


Rejissyor Ayub Shahobiddinovning yaqin kunlarda taqdim qilinishi kutilayotgan “Rangsiz tushlar“ filmi bugungi ijtimoiy voqelikni aks ettiradi.

Filmda o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra xorijda ozodlikdan mahrum etilgan o‘zbek ayolining o‘z oilasiga qaytib, mehr-oqibat izlashi va o‘zligiga qaytishi, xato qilgan odamning to‘g‘ri yo‘lga kirishi jarayonidagi dramatik va psixologik vaziyatlar haqida ko‘rsatiladi.
Kartinada bosh qahramon Kashmira rolini iste’dodli aktrisa Feruza Saidova ijro etgan.

“Rangsiz tushlar“ badiiy filmida ijtimoiy hayotimizda kuzatilayotgan odamlar fe’lidagi ikkiyuzlamachilik ayovsiz fosh qilinadi.

Film premerasi 2020 yil boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.