French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Rangsiz tushlar» keng jamoatchilikka taqdim etildi
23:24 / 2020-12-24

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasi bilan rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan «Rangsiz tushlar» badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «O‘zbekkino» MA bosh direktori birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev hamda «O‘zbekfilm» DUK direktori Fotih Jalolovlar bugungi kunda o‘zbek kinosida yuz berayotgan o‘zgarishlar, salmoqli filmlar yaratilayotgani haqida gapirdi. Ijodiy guruhni premera bilan tabrikladi. bugungi kino ixlosmandlariga «Rangsiz tushlar» kabi filmlar kerakligi aytildi.

– Film ssenariysi  7-8 yil oldin yozilgan, – deydi rejissyor Ayub Shahobiddinov.– Jamoa bilan film ustida ikki yil ishladik. Shu kunga qadar turli tanlov va festivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ayni kunlarda bu film  Germaniya va Gollandiyada tanlovlarda ishtirok etish uchun yo‘llanma olgan.

«Rangsiz tushlar» kartinasi uzoq muddat mahkumlikda bo‘lgan va ozodlikka chiqib jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilgan ayol qismati haqida.

Kartinada rollarni Feruza Saidova, Karim Mirhodiyev, Shohida Ismoilova, Lola Eltoyeva, Doniyor Hafizov, Bekzod Abdumuhitov va Asal Abdullayevalar ijro etishgan. 

Ssenariy muallifi Umid Hamdamov, postanovkachi operator Azizbek Arziqulov, rassom Shamshod Ibrohimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.

Film kishini yon-atrofga teran nigoh bilan qarashga, to‘g‘ri yo‘lda yoki aksincha ekanligini tekshirib olishga chorlaydi. Bosh qahramon Kashmira obrazi orqali mehr-oqibat, insoniylik, sharqona qarashlar ochib berilgan, jamiyatdagi holat ro‘y-rost ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz: 25 dekabrdan filmni yurtimizdagi barcha kinoteatrlarda tomosha qilish mumkin.

D. Mamatova, O‘zA