Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Rangsiz tushlar" filmining premera sanasi ma’lum
19:46 / 2020-12-21

Joriy yilning 17 dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" filmining namoyishi bo‘lib o‘tgan edi.

23 dekabr kuni ham ushbu saroyda «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan "Rangsiz tushlar" badiiy filmining katta premerasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Premera avvalida esa ayollar muammolariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. 

Filmda uzoq yillik mahkumlikdan so‘ng, ozodlikka chiqqan ayol – Kashmiraning jamiyatga moslashishidagi qiyinchiliklar hikoya qilinadi. Filmda rollarni Feruza Saidova, Karim Mirhodiyev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuhitov va Asal Abdullayevalar ijro etishgan. Ssenariy muallifi Umid Hamdamov, postanovkachi operator Azizbek Arziqulov, rassom Shamshod Ibrohimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.


O‘zbekkino Milliy agentligi
Axborot xizmati