Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Rangorang  yomg‘ir»
17:05 / 2023-05-01

Toshkent fotosuratlar uyida shu mavzuda Qozog‘iston rassomlarining rangtasvir va grafika asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent fotosuratlar uyi va Qozog‘iston rassomlari uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. 

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy va ta’lim  sohalaridagi hamkorlik  tobora rivojlanmoqda. Bu o‘z navbatida,  turli ijodiy  loyihalarni amalga oshirish uchun  keng imkoniyatlarni ochmoqda. Qozog‘iston badiiy maktabi vakillarining  “Rangorang  yomg‘ir” mavzuidagi  ko‘rgazmasi ham shular jumlasidan. 

Unda Aranshi Sharjanov, Sultan Ilyayev, Nasir Rustamov, Muxtar Bekenov, Madina Muxtarovalarning asarlari namoyishga qo‘yilgan. 

Har bir asar muallifning dunyoqarashi, voqealikka bo‘lgan munosabati, tasviriy sa’nat ixlosmandlariga yetkazmoqchi bo‘lgan o‘y-fikrlarini aks ettiradi. 

Rassomlar o‘z asarlarin  zamonaviy  uslubda chizishgan bo‘lsa-da,  ularda qiyofalarning klassik uyg‘unligi mujassamlashgan. Qushlar, otlar, baliqlar, samoviy jismlar – mualliflar tomoshabin bilan suhbat quradigan, ularni ko‘p narsaga o‘ylantiradigan ramzlardir. 

E’tiborli jihati shundaki,  asar qaysi bir uslubda ishlangan bo‘lmasin,  u birinchi navbatda, o‘zbek tasviriy san’ati ixlosmandlariga  o‘zining ma’naviy dunyosi,  ona zamin muhiti ruhini yetkazib beradi. 

N. Usmonova, O‘zA