Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rangli tushlar” ajib hislar uyg‘otadi
11:00 / 2021-02-24

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yiliga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ijodkorning 40 dan ortiq turli mavzulardagi rangtasvir ishlari namoyish qilinmoqda.

Gulnoz Jalolova 1997 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. U Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2- bosqich magistranti va Respublika dizayn maktabi maxsus fan o‘qituvchisi.

Gulnoz yoshligidan tasviriy san’atga ishtiyoqi balandligi bois, maktab davridanoq Buxoro tasviriy va amaliy san’at maktab- internatida tahsil oldi. Ustozlaridan rasm chizish sirlarini sinchiklab o‘rgandi. Gulnozdagi iqtidor va ishtiyoq uni Respublika dizayn kollejiga yetakladi. U 3 yil mobaynida kollejda rassomlik sirlarini chuqurroq o‘zlashtirdi. Ustozi Sh. To‘raxonovning ko‘rsatmalari bilan tasviriy san’at sohasida katta yutuqlarga erishdi.

[gallery-1277]

Serg‘ayrat, izlanuvchan yoshlardan biri bo‘lgan bu yosh rassom juda ko‘p respublika va xalqaro tanlov hamda ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan Tasviriy va amaliy san’at festivalida faol qatnashib, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan. 2018 yilda esa ushbu festivalning “Oltin medali”ni qo‘lga kiritdi.

Ko‘rgazmada yosh rassomning yurtimizning go‘zal go‘shalari, tarixiy udumlari va milliy an’analari aks etgan asarlari namoyish etilmoqda. Uning “Xumson soylari”, “Noyabr so‘nggi”, “Kuz”, “Bahor gullari”, “Qor” kabi kartinalarini kuzatarkansiz, bu chizgilar sizda ajib tuyg‘ular uyg‘otganini his qilasiz.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA