Rangli metallarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va IIB YHXB xodimlari hamkorligida rangli metallar noqonuniy olib ketilishining oldi olindi.
Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Karmana tumani “Oqtosh” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro M.Haydarov boshqaruvidagi davlat raqami 80 N 143 QA bo‘lgan, “ISUZI” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatib tekshirilgan. Xolislar ishtirokida avtomashina yukxonasi ko‘zdan kechirilganda fuqaro M.J.ga tegishli hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, og‘irligi 2210 kg., qiymati 8 million 378,3 ming so‘mlik alyuminiy rangli metall parchalari va chiqindilari borligi aniqlangan.
Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA