English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Ranglarga burkangan o‘lkam": 70 ga yaqin kartinalar namoyishi
16:02 / 2025-06-23

Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Botirali Umarovning "Ranglarga burkangan o‘lkam" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ijodkorning 70 ga yaqin kartinalari namoyish etilmoqda.

Rassomlar tomonidan kichik hajmdagi manzaralar tasvirlangan etyudlar tomoshabinlarning e’tiborini o‘ziga tortishi tabiiy.  

Botirali Umarov ham o‘z mo‘yqalamida dunyoni bir joyga jamlagan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Uning ijodida tarixiy janrlar va manzara asosiy o‘rin egallaydi. Jumladan, ijodkorning “Qiyomat” asari Chingiz Aytmatovning asari asosida ishlangan.  

“Uloq” nomli asarlarida esa xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadimiy an’analarining zamonaviy ko‘rinishi tasvirlangan. Rassomning ko‘plab asarlari o‘zining ko‘p qirraligi, ma’noga to‘yingani bilan muxlislarning yuragidan joy olgan.  

Ko‘rgazma joriy yilning 29 iyunigacha davom etadi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA