FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi O‘zbekiston davlat san’at muzeyida “Ranglarda – bahor” nomli ko‘rgazma ochildi.
[gallery-11075]
Ko‘rgazmada muzey fondida saqlanayotgan yigirmadan ortiq rang-tasvir asarlari o‘rin olgan. E’tiborlisi, ushbu asarlar muzey fondidan ilk marotaba omma e’tiboriga havola etilmoqda. Bu ko‘rgazmaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unda o‘zbek milliy rassomchiligi uch davrga bo‘lingan holda aks ettirilgan. Ya’ni birinchi zalda klassik rassomlarning asarlari o‘rin olgan bo‘lsa, keyingi zalda o‘tgan asrning 60-70-yillarda nom qozongan V. Ufimsev, N. Karaxan, R. Ahmedov, R.Temirovlarning ijod namunalari joylashtirilgan. Uchinchi zalda esa bugungi kunda taniqli rassomlarimizdan J. Umarbekov, M. Kagarov, X. Ziyoxonov, Akmal Nur kabi ijodkorlarning sara asarlari o‘rin olgan.
Ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurgan tomoshabin aynan o‘zbek rang-tasvir san’atining turli davrlardagi rivojlanish bosqichlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
Ko‘rgazma 17 aprelga qadar namoyish etiladi.
Nosirjon HAYDAROV(surat),O‘zA