Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ranglar jilosida – ona diyor
20:59 / 2021-03-31

Nukusda iste’dodli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan «Ranglar jilosida – ona diyor» respublika yosh ijodkorlar ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda tasviriy san’atning rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilayotgan 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 20 nafar muallif o‘z ijod namunasi bilan qatnashdi.

[gallery-1844]

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan asarlarda asosan ona yurtimizning betakror tabiati hamda xushmanzara joylari tasvirlangan.

Tanlovda Xo‘jayli tumanidagi 4-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Nursulton Tojimurodov birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchisi Dinara Shamshetova ikkinchi, Yesjan baxshi nomidagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Shohsanam Xo‘jaboyeva uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA