Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida “Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilari asarlari ko‘rgazmasining ochilishi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda ko‘rgazmaga taqdim etilgan asarlarning ko‘rinishi, sifati, mazmun-mohiyati va tasvirlar tarixining qiziqarliligiga qarab g‘oliblar e’lon qilindi.


Xususan, 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar o‘rtasida 1-o‘ringa Jizzax viloyatidan Mohiro‘y Xidirova loyiq ko‘rildi. 2-o‘rin jizzaxlik Farzona Jumanazarova va 3-o‘rin ham jizzaxlik yosh ijodkor Samira Xoliqovaga nasib qildi.
14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar o‘rtasida 1-o‘ringa buxorolik Feruza Nurullayeva sazovor bo‘ldi. 2-o‘rinni Toshkent shahri vakili Muslima Qobilova va 3-o‘rinni Qashqadaryo viloyatidan Shirin Sodiqova egalladi.


18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar o‘rtasida esa 1-o‘rin Toshkent shahridan Karina Umarova, 2-o‘rin Toshkent viloyatidan Sabrina O‘rmonova hamda 3-o‘rin Toshkent viloyatidan Omina Tojiboyevaga nasib etdi.
“Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovining g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasiga sertifikatlar topshirildi.
Ko‘rgazma 20 sentyabrgacha davom etadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA