Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon oyida saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda
12:38 / 2023-04-04

Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oila a’zolari, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.

Keyingi yillarda yurtimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassamlashtirgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2023 yil 21 mart kuni qabul qilingan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ham ana shu ezgu maqsadni o‘zida mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir. Qarorda Ramazon oyini milliy an’ana hamda qadriyatlarga mos va munosib tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.  

Ushbu ulug‘ oyda yon-atrofdagilarga mehr-saxovat ko‘rsatish, yaqinlar holidan xabar olish va ularni yo‘qlab borish odat tusiga kirgan.  

Saxovatpesha insonlar homiyligida Xatirchi tumanining Ikrom Karvon mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Matluba Ro‘zimurodova xonadonida iftorlik dasturxoni yozildi.  

Unda ishtirok etgan 40 nafarga yaqin ro‘zadorlar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz yetishtirayotgan mahsulotlar hosiliga baraka tilab, duo qildi.  

Karmana tumani “Labi hovuz” tantanalar uyida tashkil etilgan iftorlik dasturxoniga esa Mir Said Bahrom mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon va onaxonlar, mahalla faollari hamda oqsoqollari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar taklif etildi.  

Shuningdek, Nurota tumani Alisher Navoiy mahallasida yashovchi aholi uchun ham mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbir tashkil etildi.  

Iftorlik dasturxoni atrofida jam bo‘lgan yoshi ulug‘ otaxonu onaxonlar duoga qo‘l ochib, yurtimizga tinchlik, elimizga omonlik, xonadonlarga baraka so‘radi, ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom uchun minnatdorchilik bildirdi.  

Viloyatning har bir shaharu qishloqlarida, mahallalarda bu kabi saxovat tadbirlari davom etmoqda.  

A.Bo‘riyev, O‘zA