Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon oyida muhtoj, boquvchisi yo‘q aholiga ko‘maklashish ishlari davom etmoqda
10:42 / 2023-03-30

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov Ramazon oyining birinchi haftasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Xalqimiz Ramazon oyida savobli ishlarga odatdagidan ko‘ra ko‘proq e’tibor qaratib, jamiyatdagi muhtoj, boquvchisi yo‘q hamyurtlarimizga yordam qo‘lini cho‘zib, ularning qalblariga quvonch ulashishga intiladilar. “Vaqf” fondi ham ushbu muborak oyda o‘z xayriya loyihalari ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida rejali tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.  

Jumladan, “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida o‘tgan hafta davomida respublikamiz bo‘ylab 320 ta oilaga 51 million 810 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy ko‘makka muhtoj 44 nafar fuqaroga 53 million 600 ming so‘mlik pul mablag‘lari hamda 500 ortiq hamyurtlarimiz uchun iftorlik dasturxonlari yozildi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA