English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon oyida kimlarga bir martalik moddiy yordam beriladi? (+video)
12:50 / 2026-02-19

Yangi qaror

2026-yil 17-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Mazkur hujjat yurtimizda ezgulik, birdamlik va saxovat timsoli bo‘lgan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Dilfuzabegim RO‘ZMETOVA ushbu qarorni sharhlab berdi.

– Qarorga muvofiq, 800 milliard so‘m mablag‘ “Vaqf” xayriya jamoat fondiga ajratiladi, – deya qaror mazmuni tushuntirildi. 

1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam quyidagi oilalarga beriladi: 

– Ijtimoiy reyestrdagi davlat ta’minotida turgan 215 mingta oilaga, 

– o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi 13 mingta shaxsga, 

– yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, oilaviy bolalar uylarida yashayotgan 9 mingta oilaga.

500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam esa ijtimoiy reyestrdagi kambag‘al oila toifadagi 421 mingta oila, Reyestrga kirmagan, biroq, “mahalla yettiligi” tomonidan ehtiyojmand deb topilgan 43 ming oilaga beriladi.

Shuningdek, ijtimoiy reyestrda turgan 6 ming nafar bemor fuqaroning davolanishi va zarur operatsiya xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Ushbu xarajatlar 2026-yil 1-martga qadar Xalq banki tomonidan moddiy yordam oluvchi fuqarolarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lTZc-Tns6YU" title="Bir martalik moddiy yordam kimlarga beriladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

B.XUDOYBERDIEV,

U.TO‘XTAEV (video), O‘zA