Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon oyida ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda (+video)
13:05 / 2026-02-26

Muborak Ramazon oyida yurtimiz bo‘ylab ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya va ijtimoiy yordam tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratilmoqda. Xususan, davlat ta’minotidagi oilalarga 1 000 000 so‘m, kam ta’minlangan oilalarga esa 500 000 so‘m miqdorida mablag‘ berilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatida 18 mingdan ortiq oilaga ana shunday ko‘mak yetkazilishi rejalashtirilgan. Jarayon manzilli va shaffof tarzda tashkil etilgan bo‘lib, ro‘yxatlar mahallalar kesimida shakllantirilgan.

[gallery-27872]

Shuningdek, ijtimoiy reyestrdagi oilalarning bemor a’zolari uchun davolanish va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish maqsadida vaucherlar ham taqdim etilmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gNkq0TQZt7w" title="Ramazon oyida ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Siroj ASLONOV (surat, video), O‘zA