Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon oyida ehson pullarini o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi
10:20 / 2026-02-25

Toshkent viloyati IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Ramazon oyida kiberfiribgarlikning yangi holatini fosh qildi.

Buxoro viloyatida yashovchi 2004-yilda tug‘ilgan shaxs (M.D.) instagramda bemor bolalar nomidan joylashtirilgan ehson videolarini qayta ishlab, bank karta raqamlarini o‘zgartirgan.  

Fuqarolardan tushgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs 2025-yil oktabridan fosh etilgunga qadar onasiga tegishli kartaga 2 mingga yaqin tranzaksiya orqali jami 161 million so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov davom etmoqda.

Hamroz Bayanov, O‘zA