Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon oyi oldidan Uychida aholiga qulay narxda oziq-ovqat yarmarkalari yo‘lga qo‘yildi
16:38 / 2026-02-19

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining topshirig‘i ijrosi doirasida muborak Ramazon oyi munosabati bilan Namangan viloyati Uychi tumanida aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida maxsus yarmarkalar tashkil etildi.

[gallery-27747]

Yarmarkalar orqali aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan qulay va maqbul narxlarda ta’minlash ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning uzluksiz yetkazib berilishi, shuningdek, bozorlarda narxlarning sun’iy oshirilishining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bozorlar to‘kinligi va narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan mazkur tadbirlar aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga xizmat qilmoqda.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA