Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon oyi munosib o‘tkaziladi
19:37 / 2024-03-10

Davlatimiz rahbarining joriy yil 7-martdagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, ezgulik va shukronalik timsoli bo‘lgan qutlug‘ Ramazon oyini munosib kutib olish va uni yuqori saviyada o‘tkazish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mehr-oqibat, xayr-u saxovat fazilatlari ulug‘lanadigan muborak oy arafasida shahar va tumanlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

To‘rtko‘l tumanidagi “Mo‘lla Jumaboy”, “Mo‘ntiq bobo”, “Abdijamil eshon”, “Yonboshqal’a” kabi  barcha 10 ta  jome masjidida, qabriston atroflarida tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, hududlar tozalanib, ko‘chatlar ekilmoqda.  

Beruniy tumanidagi barcha jome masjidlarida, qabriston atroflarida tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazildi. Jumladan, Sulton Uvays bobo, Shayx Abbos Valiy jome masjidlari atroflari obodonlashtirilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish,  kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar boshqa shahar va tumanlarda ham davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri