Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon oyi boshidan buyon fondga 772 million so‘mdan ziyod xayriya kelib tushgan
13:14 / 2023-04-06

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari vazifasini bajaruvchi Ziyovuddin Mirsodiqovning ma’lum qilishicha, Ramazon oyi boshidan buyon saxovatpesha insonlardan "Vaqf" fondiga 772 million so‘mdan ziyod xayriya kelib tushgan.

O‘tgan hafta davomida respublikamiz bo‘ylab 312 ta oilaga 58 million 150 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy ko‘makka muhtoj 37 nafar fuqaroga 66 million 600 ming so‘m pul mablag‘lari xayriya qilingan bo‘lsa, 700 dan ortiq hamyurtlarimiz uchun iftorlik dasturxonlari yozildi.  

Ramazon oyining ikkinchi haftasi davomida fond tomonidan aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlami va diniy ta’lim muassasalari ustoz va talabalari uchun 111 million 720 ming so‘mlik xayriya ishlari amalga oshirildi.  

O‘tgan hafta davomida fondning Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda viloyatdagi boshpanasiz, nochor oilaga 5 xonali uy qurib bitkazilib, to‘liq jihozlangan holda xayriya qilindi.  

O‘zA