Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon – mehr-muruvvat, xayr-saxovat oyi
17:53 / 2023-04-06

Poytaxtimizdagi A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyida Shayxontohur tumani hokimligi va Xalq qabulxonasi hamkorligida ehson dasturxoni yozildi.

Muqaddas Ramazon oyi kunlari muhtojlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatdir. Bu oyda yurtdoshlarimiz muhtojlarga mehr-saxovat bilan yordam ko‘rsatib, qadimdan qadrlanib kelgan oliyjanob fazilatlari, azaliy an’analarini namoyon etib kelmoqda.  

[gallery-11309]

bugungi kunda A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyida 117 nafar tarbiyalanuvchi tarbiyalanmoqda. Shundan 5 nafari bog‘cha yoshidagi tarbiyalanuvchilardir.

Tadbirda dasturxon yozilib, tarbiyalanuvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Gulnoza Boboyeva, A’lo Abdullayev (surat), O‘zA