Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon – mehr-muruvvat va saxovat oyi
13:41 / 2026-03-06

Muborak Ramazon oyida Prezidentimiz tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayr-saxovat tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatida ham og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. 37 yoshli Bahrom Esirgadiyev buyrak kasalligi bilan og‘rigani sababli mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilgan.

Murojaat mahalla “yettiligi”ning kollegial qarori asosida ko‘rib chiqilib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Hozirda Bahrom Esirgadiyevning ahvoli ancha yaxshilangan. U ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, oilasi bag‘riga qaytmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 50 nafardan ortiq fuqaro uchun mahalla “yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida tibbiyot muassasalariga davolanish uchun yo‘llanmalar berilgan.

O‘lmas Baratov, O‘zA muxbiri