Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon – mehr-muruvvat va saxovat oyi
09:00 / 2026-03-05

Yurtimizda muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgulik, saxovat va hamjihatlik tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 Bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar, ota-onasidan ayrilgan yetim bolalar hamda kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berish, ularning munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa jamiyatimizda inson qadrini ulug‘lash, mehr-shafqat va bag‘rikenglik tamoyillari ustuvor ekanining yaqqol ifodasidir.

Navbahor tumani Arabsaroy mahallasida istiqomat qiluvchi Oygul Xodjametova xonadoni ta’mirtalab holatga kelib qolgandi. Moliyaviy imkoniyatlar cheklangani sababli uyni yangilash imkoni bo‘lmagan.

Ramazon oyining savobli va xayrli kunlarida ushbu xonadonda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Xususan, uyning tashqi devorlari zamonaviy bazalt materiallari bilan qoplandi, derazalar yangilanib, tashqi eshiklar almashtirildi. Tom qismi to‘liq yangi shiferlar bilan yopildi. Isitish qozoni o‘rnatildi.  

Hozirda mazkur xonadon zamonaviy va qulay sharoitga ega bo‘lib, oila a’zolari Ramazon oyini ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik bilan qarshi olmoqda.

Bugungi kunda tuman bo‘yicha jami 12 ta xonadonda shunday obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu kabi xayrli tadbirlar nafaqat oilalarning turmush farovonligini oshirishga, balki jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri