Mamlakatimizning barcha shaharu qishloqlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ramazon — mehr-muruvvat. ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida har xil tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, keksalarga hurmat ko‘rsatish azaliy qadriyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardagi hududiy boshqarmalarda soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan nuroniylar holidan xabar olindi. Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ularga Qo‘mita rahbariyatining bayram tabrigi yetkazilib, Ramazon tuhfalari topshirildi.

Faxriy ustozlar o‘zlariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun samimiy minnatdorchilik bildirdilar. Ular mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan xalqparvar siyosatni yuksak baholadilar. Shu bilan birga yurtimizda tinchlik va barqarorlik bo‘lishini tiladilar. Xalqimiz farovonligi uchun ezgu tilaklar bildirdilar. Qadriyatlarimizni asrashga qaratilgan bunday mehr-oqibat tadbirlari Ramazon oyi davomida izchil davom ettiriladi.

N. Rahmonova, O‘zA