Ramazon – ezgu fazilatlar oyi
Ramazon oyi - ezgu fazilatlar va mehr-muruvvat oyi. Bu oyda kishilar bir-birini yo‘qlaydi. Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, sovg‘a-salomlar beriladi, homiylik yordamlari ko‘rsatiladi. Iftorlik dasturxonlari yozilib, ko‘ngillar shod etiladi.

Navoiy viloyati Konimex tumani hokimligi tashabbusi bilan olis hududlardan biri “Yangig‘azg‘an”ovul fuqarolar yig‘inida nuroniy otaxon va onaxonlar, mahalla faollari, oqsoqollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. To‘kin dasturxon atrofida Muborak Ramazon oyida insoniylik tuyg‘ulari bo‘lmish mehr-muhabbat, saxovat va oqibat haqida so‘z yuritildi. Nuroniylar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun shukronalik bildirib, duoga qo‘l ochdi.
A.Bo‘riyev, O‘zA