French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rallichilar mahorati sinovdan o‘tdi
11:44 / 2025-12-22

Toshkent viloyatidagi maxsus poyga yo‘llarida ralli bo‘yicha 2025 yilgi ochiq chempionatining 2-bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston milliy avtomobil va mototsikl federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada mamlakatimiz vakillari bilan bir qatorda qo‘shni respublika avto sportchilari o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi.

Qishki sharoitda o‘tgan poygalar jarayoni barcha ekipajlar uchun mahorat, chidamlilik hamda jamoaviy hamjihatlik imtihoni vazifasini o‘tadi. Chempionat yakunlariga ko‘ra, 1600 toifasida  Farrux O‘runov/Otamurod Sobirovdan iborat 13-ekipaj g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni 43-ekipaj a’zolari Marat Haitboyev/Akromxo‘ja Sunnatxo‘jayev hamda 10-ekipaj vakillari Xusniddin Melikmurodov/Yahyo Mirahmatov egalladi.

Musobaqaning 2 ming metrlik poygalarida sovrinli o‘rinlar  Jumaboy Qurbonqulov/Farhod Tojiyev, Farhod Daminov/Javohir Qahhorov hamda Dilshod Yusupov/G‘ayrat Yusupov jamoalariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA