Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raisiy: G‘arb yolg‘on tarqatib, Eronni parchalay olmaydi
09:35 / 2022-12-28

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy AQSH va G‘arb davlatlari mish-mishlar va yolg‘on ma’lumotlar tarqatish orqali Eronda hukumatga qarshi namoyishlarni kuchaytirayotganlikda aybladi. Davlat yetakchisining bayonotini “Al-Alam” telekanali keltirdi.

“Respublikani parchalash uchun AQSH va Isroil kuchlari yetarli emas”.

“Islom inqilobi dushmanlari yolg‘on tarqatish orqali o‘z maqsadlariga erisha olmaydi va Eron xalqini bo‘lib tashlolmaydilar”, Prezident so‘zlaridan iqtibos keltiriladi xabarda.

Yetakchining so‘zlariga ko‘ra, sentyabr oyi o‘rtalarida Eronda boshlangan tartibsizliklarni tashkil etishda “munofiqlar, monarxistlar va aksilinqilobchilar, ya’ni, islomiy respublikaga qarshi bo‘lgan barcha” ishtirok etgan.

Eron prokuraturasi ilgari  hibsga olingan namoyishchilarning 83 foizini qo‘yib yuborgani aytiladi.  

 

O‘zA