English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raisiy: Eron Moskva bilan kelishish tarafdori
11:59 / 2023-01-24

Tehron Eron va Rossiya o‘rtasida erishilgan kelishuvlar to‘liq amalga oshishini istamoqda. Prezident Ibrohim Raisiy Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan Tehronda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shu haqda gapirdi, deya xabar berdi “IRNA” rasmiy axborot agentligi.

Raisiyning fikricha, bu ikki davlat ko‘p tomonlama bir-birini to‘ldirishi mumkin.

— Biz energetika, tranzit va transport sohalarida turfa va serqirra imkoniyatga egamiz, ushbu salohiyatdan ikki tomonlama munosabatni kengaytirish yo‘lida foydalanish mumkin”, — dedi prezident. —Davlatlarning o‘zaro hamkorligi butun mintaqaga foyda keltirishi mumkin.

Vyacheslav Volodin, o‘z navbatida, Rossiya va Eron adolatli dunyo tartibini shakllantirish, global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash tarafdori ekanini ta’kidladi.

O‘zA