Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rahbarlik lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kimlar kiritiladi?
15:42 / 2022-06-08

AOKAda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Nomzodning salohiyatini baholash test sinovlari, “360 daraja” o‘rganish va assessment usullarini o‘z ichiga oladi. 

Milliy kadrlar zaxirasi – bu malakali kadrlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan, davlat fuqarolik xizmatini malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlaydigan ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Milliy kadrlar zaxirasi “amaldagi zaxira” va “istiqbolli davlat fuqarolik xizmatchilari”dan iborat. 

Milliy kadrlar zaxirasi davlat sektorida rahbar kadrlar tarkibini barqaror ta’minlash, uning sifatini yaxshilash, davlat xizmatchisining kasbiy bilimini oshirish hamda xizmatda lavozimi bo‘yicha ko‘tarish maqsadida shakllantiriladi.  

Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Agentlik tomonidan ushbu yo‘nalishda ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyot uyg‘unligi asosida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi” dasturiy-apparat kompleksi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, rahbarlik lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda turli sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuqori malakali, yetakchilik xususiyati va boshqaruv ko‘nikmalariga ega tashabbuskor kadrlar,  mehnat faoliyati natijalariga ko‘ra mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari,  tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yoshlar va mahallalardagi yoshlar yetakchilariga taalluqli ma’lumotlar inobatga olinadi. 

Agentlik Davlat boshqaruvi akademiyasi va yurtimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda zaxiraga olingan shaxslar uchun muntazam ravishda vebinar (ma’ruza), amaliy mashg‘ulot va seminar-trening shaklidagi maxsus o‘quvlarni hamda hududdagi rahbarlarga biriktirgan holda dublyorlik asosida stajirovkalarni tashkil etib bormoqda. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA