French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rahbarlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi
17:38 / 2019-11-22

Ushbu o‘quv kursida rahbar kadrlarning davlat tuzilishi va boshqaruvi, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar hamda hududlarning rivojlanish tamoyillari yuzasidan zamonaviy bilim va ko‘nikmalari shakllantirildi va oshirildi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan, joriy yilning 18-22 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashma rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan haftalik o‘quv kurslari tashkil etildi.