FOTOREPORTAJ
Prezident tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangani yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatidagi 829 ta ta’lim muassasasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etildi. Ularda boshqarma boshliqlari, tuman va shahar hokimlari, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
[gallery-27898]
Uchrashuvlar chog‘ida ta’lim sifati, kasb tanlash, oliy ta’limga kirish, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganildi.
Xususan, Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i O‘. Shukurov Andijon shahridagi 56-umumta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning kelgusi rejalari va kasb tanlash borasidagi fikr-mulohazalarini tingladi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA