Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rahbarlar xotin-qizlar haqida nima deydi? (+videoso‘rovnoma)
14:17 / 2026-03-10

Bugungi kunda mamlakatimizda gender tengligi tamoyillariga amal qilgan holda, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda ayollarning parlamentdagi ulushi 38 foizga yetgan. Ikki yuz mingdan ortiq tadbirkor ayollar yurtimizda faoliyat yuritmoqda. Davlat boshqaruvi tizimida rahbarlik lavozimlaridagi ayollar ulushi 30 foizdan oshgan.

Ayni paytda sud-huquq tizimida ayol sudyalar 15 foizni tashkil etmoqda. Kelasi to‘rt yilda bu ko‘rsatkichni ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

O‘tgan hafta Ko‘ksaroy qarorgohida ana shu yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lgan fidoyi, bilimli va yurt ravnaqi uchun xizmat qilib kelayotgan ayollarga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

O‘zA jamoasi mazkur tadbir jarayonida turli tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddilardan o‘z sohasidagi ayollar qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak, degan savolga javob izladi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/TLIZou0yp-g?si=JOcVjBKP611weQwV" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Marhabo HOJIAKBAROVA,

Behruz XUDOYBERDIEV,

Iskandar ISMATOV (video),  

O‘zA